Insoniyatning koinotni mustamlaka qilish bo‘yicha ekspeditsiyasi davomida "sarflanadigan" xodim sifatida tanilgan Mikki 17 muzlik sayyorasini o‘rganish uchun yuboriladi.
Kan Se-dol yerosti neft quvurlarini burg‘ulash bilan shug‘ullanadi — bu ishni neft o‘g‘riligi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlardan katta haq evaziga buyurtma asosida bajaradi. Jinoyat olamida uni "Burg‘ulovchi" deb atashadi. Bir kuni yirik kompaniya egasining o‘g‘li unga murojaat qilib, devori juda qalin ikkita yerosti neft quvurini bir vaqtning o‘zida burg‘ulashni taklif qiladi. Bu quvurlarga yetib borish uchun esa qisqa muddatda uzoq tunnel qazish kerak bo‘ladi. Se-dol bu xavfli ish uchun millionlik gonorarni kelishib olgach, yangi jamoasi bilan ishga kirishadi.
Ota va qizi dam olish uchun yo‘lga chiqqanida, tasodifan bir yakkashohni urib yuborishadi. Bu fojia otasining milliarder xo‘jayini uchun bu mo‘jizaviy jonzotni shifobaxsh xususiyatlaridan o'z qabih ishlarida foydalanish uchun as qotadi.
To‘rt nafar yigit sirli portal orqali g‘alati kub shaklidagi mo‘jizalar olamiga tushib qoladi. Ular uyga qaytish uchun sehrgar Stiv bilan birga sehrli sarguzashtni bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Tamagir politsiyachi Su Yol martaba zinapoyasidan tezlik bilan ko‘tarilmoqda, to u adolat hissi haddan tashqari kuchli bo‘lgan, har qanday masalada musht ishlatishga tayyor “K” ismli telbaga duch kelguncha.
Viola Vitale, Italiya go‘zali va moda jurnalisti, otasini qidirish uchun Sitsiliyaga qaytadi. U raqamli yangiliklar agentligida ishlay boshlaydi va politsiya inspektori Franchesko Demir bilan birga jinoyatlarni sinesteziya (hissiyotlar aralashuvi) yordamida hal qilishga kirishadi.
Istedotli Fotograf o'z obro'sini yo‘qotib qo‘ygach, o‘z tug‘ilgan shahriga qaytadi va bolalikdagi do‘stiga duch keladi. Ular yakunlanmagan romantik munosabatni yana qayta jonlantiradilar.
Kamala, superqahramonlar ishqibozi va ayniqsa Kapitan Marvelning katta muxlisi, maktabda ham, hatto ba’zan uyida ham o‘zini begonadek his qiladi. Biroq, u hayratlanarli tarzda o‘zi qoyil qolgan qahramonlar kabi superkuchlarga ega bo‘lgach, uning hayoti butunlay o‘zgaradi.
1-8 dan 50 natija